Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bayden maxfiy hujjatlar qayerda saqlanganiga oydinlik kiritdi

Bayden maxfiy hujjatlar qayerda saqlanganiga oydinlik kiritdi

Jo Baydenning Vashingtondagi shaxsiy ofisi va Delaver shtatidagi uyida uning Obama ma’muriyatida vise-prezident bo‘lgan (2009-2017) davriga oid maxfiy hujjatlar borligi aniqlandi. Adliya departamenti AQSh ma’muriyati o‘zgarganidan so‘ng maxfiy va maxfiy bo‘lmagan barcha hujjatlarni Milliy arxivga topshirishni ko‘zda tutuvchi "Prezident yozuvlari to‘g‘risida"gi qonunni buzish holatlari yuzasidan tekshiruv boshladi.

CNN xabariga ko‘ra, 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan brifingda jurnalistlar Baydendan o‘zining Korveti yonidagi garajda maxfiy hujjatlar saqlanganiga qanday munosabatda ekanligini so‘rashgan. Bayden esa ular qulflangan garajda saqlanganini ma’lum qilgan. U avvalroq tahlil markazidagi ofisida maxfiy hujjatlar topilganini bilgach, hayron bo‘lganini aytgan edi. Prezident bu qog‘ozlarning mazmunini bilmasligi va maxfiy ma’lumotlarni saqlashga juda jiddiy yondashishini ta’kidladi.

AQSh bosh prokurori Merrik Garlend tomonidan tayinlangan tekshiruv natijalariga ko‘ra, Bayden avvalgi prezident Donald Tramp bilan bo‘lgani kabi tergov qilinishi mumkin.

Kiritildi: 22:56 12.01.2023. O'qildi: 3436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!