Bayden ertaga Kongress yetakchilari bilan uchrashib, ularni Ukraina va boshqa ittifoqchilarga yordam ko‘rsatishga, shuningdek shatdaunga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘ndirishga harakat qiladi — Bloomberg.
Agentlik bu haqda Oq uy bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Jonsonning idorasi uning uchrashuvda ishtirok etishini tasdiqladi. Shuningdek, Senatdagi demokratik ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumer, Senatdagi respublikachi ozchilik yetakchisi Mitch Makkonnel va Vakillar palatasidagi demokratik ozchilik yetakchisi Hakim Jeffris ham mazkur uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda.
Oq uy Vakillar palatasi Senat tomonidan qabul qilingan qonun loyihasini ma’qullashini istaydi, deya yozmoqda Bloomberg.