Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bayden demokrat kongressmenlarga xat yozdi

Bayden demokrat kongressmenlarga xat yozdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Tramp bilan bo‘lib o‘tgan teledebatlarda muvaffaqiyatsiz qatnashganidan so‘ng kurashdan chiqish so‘rab e’tirozlar ko‘payganiga qaramasdan, Kongressdagi demokratlarga partiyadan davlat rahbarligiga nomzodlikdan bosh tortmasligini bildirib xat yozdi.

The Washington Post nashri tomonidan e’lon qilingan xatda saylovoldi kurashini tark etmasligining asosiy sabablaridan biri sifatida Bayden o‘tgan praymeriz natijalarini keltirgan va unda demokratlar tarafdorlari uni qo‘llashganiga ishora qilgan.

«Demokratik partiya saylovchilari ovoz berishgan. Ular partiyadan nomzod sifatida meni tanlashgan. Endi biz bu jarayon ahamiyatsiz edi, deymizmi? Saylovchilar ovoz berish huquqiga ega emasmi?» — deya savol qo‘ygan Bayden.

O‘zining murojaatnomasida Bayden Tramp ustidan g‘alaba qozonish uchun eng maqbul nomzod ekanligiga «mutlaqo ishonchi komil» ekanini, aks holda nomzodini ilgari surmagan bo‘lishini ta’kidlagan. Uning fikricha, buyog‘iga qanday harakat qilish to‘g‘risidagi savol yopilishi kerak.

«Oldimizda turgan vazifaga nisbatan qat’iyatning susayishi yoki aniqlik yo‘qligi faqat Trampga yordam beradi va bizga zarar keltiradi. Biz uchun birlashish vaqti keldi, oldinga yagona partiya sifatida intilib, Donald Tramp ustida g‘alaba qozonishimiz kerak», — deya fikrlarini yakunlagan Bayden.

Ma’lumot uchun, Demokratlar yakuniy nomzodni avgust oyida bo‘lib o‘tadigan qurultoy chog‘ida hal qilishadi. Avvalroq Axios portali AQShning sobiq prezidenti, Barak Obamadan tortib Kongress yetakchilarigacha ko‘plab demokratlar Baydenni kurashdan chiqishini istashayotganini yozgan edi. Amaldagi prezidentning o‘zi esa demokratlar uni qo‘llab-quvvatlashlariga ishonchi komil ekanini aytgan.

Kiritildi: 23:00 08.07.2024. O'qildi: 1261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!