AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Jou Bayden o‘zining g‘alabasini e’lon qilishga tayyor emasligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Bayden ayni damda demokratlar ushbu poygada g‘alaba qozonishi aniq bo‘lganini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, u 300 dan ortiq saylovchilar ovozini olishi mumkin, shu bilan birga saylovlarda g‘alaba qozonish uchun atigi 270 kishining ovozi kerak, sobiq vise-prezident ham hech kimga ovozlarni hisoblashni to‘xtatib qo‘yishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Baydenni prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishini noqonuniy da’vo qilishdan ogohlantirgan edi. Amerika rahbari "sud prosesslari endigina boshlanmoqda" deb tahdid qildi. U o‘zi ham saylovlarda g‘olibligini e’lon qilishi mumkinligini ta’kidladi.
Qo‘shma Shtatlarda mamlakat prezidentligiga nomzodlar uchun ovozlarni sanash davom etmoqda.