AQSh prezidenti Jo Bayden amerikalik basketbolchi Britni Grayner va uning rafiqasi Sherell bilan uchrashdi.
Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bayden Rossiyada hibsga olingan amerikalik Gershkovichning qarindoshlari bilan ham uchrashdi.
8 dekabr kuni Grayner qamoqdan rossiyalik Viktor Butga almashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Grayner Rossiyada qamoqqa olingani haqidagi xotira kitobini nashr etishga hozirlik ko‘rayotgani xabar qilingandi.