AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden sobiq prezident Jimmi Karterning vafoti munosabati bilan 2025 yil 9 yanvarni AQShda milliy motam kuni deb e’lon qildi.
Tegishli bayonot Oq uy saytida chop etildi.
"Dunyoning turli burchaklaridan bizning qayg‘ularimizga sherik bo‘lgan odamlarni ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif qilaman", — deyiladi bayonotda.