Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadning amakivachchasi Vasim Asad o‘lim jazosiga hukm qilindi.
46 yoshli Vasim Asad mamlakatda qariyb 14 yil davom etgan fuqarolar urushi paytida sodir etilgan og‘ir jinoyatlar va qonli hujumlarga aloqadorlikda aybdor deb topilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u sobiq hokimiyatga sodiq bo‘lgan ikki qurolli guruhni tashkil etgan. Mazkur tuzilmalar Damashq atrofida amalga oshirilgan va ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan hujumlarda ishtirok etgan.
Sud Vasim Asadning ushbu qurolli guruhlar faoliyatidagi rolini va fuqarolar urushi davridagi harakatlarini inobatga olib, unga eng og‘ir jazo — o‘lim hukmini tayinladi.