Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

"Barselona" Rafinya borasida yakuniy qarorga keldi

"Barselona" Rafinya borasida yakuniy qarorga keldi

Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Rafinyaning kelajagi borasida bir qarorga keldi, deya xabar bermoqda Marca gazetasi.

Ispaniyalik jurnalistlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" yozgi transfer oynasida braziliyalik vinger bilan xayrlashish niyatida emas. Rafinya Kataloniya grandi tarkibidagi daxlsiz futbolchilardan biri hisoblanadi.

29 yoshli braziliyalik futbolchi 2022 yilning yozidan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. Rafinya va "ko‘k-anorranglilar" o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 11:41 25.06.2026. O'qildi: 1713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!