Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

"Barselona" prezidenti Messi — Ronaldu tandemini yaratmoqchi. Amalga osharmikin?

"Barselona" prezidenti Messi — Ronaldu tandemini yaratmoqchi. Amalga osharmikin?

Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, «Barselona» prezidenti Laporta tarixiy transferni amalga oshirish niyatida.

Gap shundaki, kataloniyaliklar Krishtianu Ronaldu uchun birdaniga bir nechta futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor.

Ular orasida Grizmann, Koutinyo va Serxi Robertolar «Yuventus»ga yuborilishi mumkin. «Barselona» shundagina Ronalduning maoshini to‘lash uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lishlari mumkin.

Biroq ispanlar hali bu borada rasmiy taklif bilan chiqishgani yo‘q. Bu shunchaki Laportaning istagi xolos.

Oldinroq, «Barselona» 525 million yevrolik kredit bo‘yicha kelishuvni tasdiqlagan edi. Klubning qarzlari bir milliarddan ham oshib ketgan.

«Yuventus» Ronaldu uchun turli variantlarni qidirishda davom etadi. Klub endi futbolchiga 30 million yevrodan ortiq maosh to‘lashga tayyor emas.

Kiritildi: 19:06 21.06.2021. O'qildi: 3134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!