Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Barselona" mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

"Barselona" mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

"Barselona" Ispaniya chempionatining 2-turida safarda "Elche"ni 5:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.

Kataloniyaliklar safida Fermin Lopes va Rafinya ikkitadan gol urdi. Rafinya o‘z gollaridan birini penaltidan kiritdi. Yana bir gol Karim Adeyemi hisobiga yozildi.

Entoni Gordon esa uchrashuvda ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

Shu tariqa, "Barselona" yangi mavsumdagi dastlabki 3 ochkosini qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar keyingi uchrashuvda 1-turdan qoldirilgan bahsda o‘z maydonida "Atletik"ni qabul qiladi.

Bir ochkoga ega "Elche" esa navbatdagi turda safarda "Rasing"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 08:00 24.08.2026. O'qildi: 1231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik