Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

“Barsa” to‘rtta yulduzni tekin olmoqchi

“Barsa” to‘rtta yulduzni tekin olmoqchi

Ispaniya chempionligini saqlab qolishga urinayotgan “Barselona” kelasi yozda tarkibini kuchaytirish bo‘yicha reja tuzib qo‘ydi. Kataloniya klubi moliyaviy ahvolidan kelib chiqish ish ko‘rmoqda.

Ana shu maqsadda, klub mutasaddilari eng avval yozda erkin agent maqomini oladigan tajribali futbolchilarga e’tibor qaratadigan bo‘ldi.

“Barselona” o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Ibrohim Konate (“Liverpul”), Markos Senesi (“Bornmut”) va Leon Goreska (“Bavariya”) kiritildi.

Bu haqda The Touchline X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi aniq qadamlarni boshlash uchun La Ligadagi 1:1 moliyaviy qoidasiga amal qiladi. Klub bir necha yillardan beri moliyaviy muammolar bilan kurashib kelayotgani bois, yangi o‘yinchilarni olish va ularni La Liga qaydnomadigan o‘tkazish masalasini puxta tashkil qilishga majbur bo‘lmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:58. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!