Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

"Barsa" afsonasining buvisi 102 yoshida vafot etdi

"Barsa" afsonasining buvisi 102 yoshida vafot etdi

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Xerard Pike oilasida musibat yuz berdi. Uning buvisi Lina Rovina Montsant 102 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ispaniyaning El Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Lina Rovina Montsant Xerard Pikening otasi Xoan Pikening onasi edi.

Pikening buvisi bilan xayrlashuv va dafn marosimi chorshanba, 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Oila motam munosabati bilan jamoatchilik va ayniqsa, OAV vakillaridan vazminlik hamda shaxsiy hududga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlagan Pike yaqinda shaxmat sohasiga sarmoya kiritishga qaror qilgani haqida xabar tarqalgan edi.

Kiritildi: 12:30 26.08.2026. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik