Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Barcha tomonlar Ukrainadagi jangovar harakatlar to‘xtatilishidan manfaatdor» — Si Jinping

«Barcha tomonlar Ukrainadagi jangovar harakatlar to‘xtatilishidan manfaatdor» — Si Jinping

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping Vengriya bosh vaziri Viktor Obdan bilan uchrashuvi chog‘ida barcha tomonlar Ukrainada o‘t ochishning to‘xtatilishidan manfaardor ekani, biroq yirik davlatlar «ijobiy energiya» namoyon eta boshlagandagina bunga erishish mumkinligini ta’kidladi, deb yozadi Xinhua.

Agentlikning xabariga ko‘ra, Si Jinping va Viktor Orban Ukrainadagi krizisni batafsil muhokama qilishgan. Vengeriya bosh vaziri Kiyev va Moskvaga tashrifi borasida Xitoy yetakchisini boxabar qilgan. O‘z navbatida XXR raisi Orbanning say-harakatlarini yuqori baholab, Xitoy pozisiyasi haqida so‘zlab bergan.

«Sinhua» agentligining yozishicha, Si Jinping o‘t ochishni to‘xtatib, urushni yakunlash, siyosiy yechim topish barcha tomonlar uchun manfaatli ekanini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda jangovar harakatlar zonasi kengayishi, urushning yanada avj olishining oldini olish, vaziyatni imkon qadar sovitishga bor diqqatni qaratish kerak.

«Xalqaro hamjamiyat tomonlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot va muzokaralar o‘tkao‘ish uchun shart-sharoitlar yaratishi va yordam berishi kerak. Barcha yirik davlatlar ijobiy energiya namoyish etishsagina o‘t ochishning yakunlanishi tezda sodir bo‘ladi. Xitoy o‘zicha krizisni tinch yo‘l bilan hal bo‘lishiga xizmat qiluvchi tinchlik muzokaralarini faol ilgari surmoqda», — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, Xitoy va Vengriya bu masalada asosiy yondashuvlar va yo‘nalishlar bo‘yicha hammaslak. Pekin Budapesht va boshqa tomonlar bilan aloqalarni saqlab turishga tayyor.

Muzokaralar chog‘ida Xitoy va Yevropa Ittifoqi munosabatlari mavzusi ham ko‘tarilgan. Si Jinpingning qayd etishicha, Xitoy va Yevropa o‘rtasida geosiyosiy mojarolar va fundamentlar manfaatlar to‘qnashuvi yo‘q.

Kiritildi: 12:42 08.07.2024. O'qildi: 939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!