AQShning sobiq prezidenti Barak Obama "Barselona" yetakchisi Lionel Messining nega Argentina terma jamoasida omadi chopmayotganini aytdi.
"Hatto daholar ham kerakli natijaga erishish uchun boshqa odamlar bilan ishlashadi. Argentina terma jamoasi, garchi tarkibda Messidek buyuk futbolchi bo‘lsa-da, jahon chempioni bo‘la olmadi. Axir odam qanchalik kuchli bo‘lmasin, bir o‘zi hech narsa qila olmaydi", dedi Obama.