Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Balet murabbiyi 16 yoshli raqqosa qizni zo‘rlashda ayblanmoqda

Balet murabbiyi 16 yoshli raqqosa qizni zo‘rlashda ayblanmoqda

AQShda Perm opera va balet teatrining sobiq raqqosi Ivan Poroshin nomusga tegishda ayblandi. Texas balet maktabining 16 yoshli o‘quvchisi o‘zini qurbon deb hisoblamoqda, deb yozadi ProPerm.ru nashri.

Qizning so‘zlariga ko‘ra, Arizonadagi Sonesta Suites mehmonxonasida raqqos uni jinsiy aloqaga majburlagan va o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Murabbiyning singlisi Yelena Poroshina akasi qizga faqat balet yordamini ko‘rsatdi, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov jarayonida balet raqqosiga advokat va tarjimon berilmagan, iqrornoma tarjimadagi qiyinchiliklar tufayli xatolik bilan olingan. Qarindoshlari u bilan to‘rtinchi oydan beri bog‘lanishga harakat qilishmoqda.

Ma’lumki, Poroshinning rafiqasi va yangi tug‘ilgan farzandi bor.

Ivan Poroshin 2001 yilda Perm balet maktabini tamomlagan. Shundan so‘ng u Perm opera va balet teatrida ishladi, ikki marta "Oltin niqob" mukofoti va Diagilev mukofoti laureati bo‘ldi.

Kiritildi: 11:07 19.11.2021. O'qildi: 5295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!