Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Bachadonni olib tashlashning miyaga ta’siri o‘rganildi

A A A
Bachadonni olib tashlashning miyaga ta’siri o‘rganildi

Inson miyasi boshqa organlar bilan bir qatorda asab impulslari, gormonlar yoki boshqa bir signal beruvchi molekulalar shaklida doimo signallar almashadi. Agar gormonlarni oladigan bo‘lsak, ular qatorida jinsiy gormonlar deb ataluvchi testosteron, estrogen va boshqa gormonlar bo‘lib, ular miyaga sezilarli darajada ta’sir etadi.

Estrogenlar tuxumdonlarni sintezlaydi, biroq tuxumdonlar bachadon bilan chambarchas bog‘langan. Arizona shtati tadqiqotchilari bachadonning o‘zi miyaga bevosita ta’sir qilish-qilmasligini aniqlashga qaror qilishdi. Buning uchun sichqonlarda tajriba o‘tkazildi. Ularning bachadonlari yoki tuxumdonlari yoki har ikkalasi olib qo‘yildi. Shundan so‘ng suv labirintining qayerida suzuvchi platforma borligini aniqlab, suvdan chiqishni o‘rgatuvchi belgilangan sinov testidan o‘tkazildi.

Test bir necha variantda edi: soddaroq va qiyinroq. "Endocrinology" jurnalidagi maqolada yozilishicha, bachadoni olib tashlangan sichqonlar (hatto ularning tuxumdonlari qoldirilgan bo‘lsa ham) labirint qiyinlashgani sari undan chiqib ketish yo‘lini borgan sari yaxshi eslab qololmagan. Bunda bachadonlari olib tashlangan sichqonlarning tuxumdonlari qoldirilgan bo‘lsa ham, gormonlar darajasi baribir o‘zgargan.

Shubhasiz, bachadon, miya bilan tuxumdonlar, ya’ni unda ajralib chiquvchi gormonlar orqali aloqada bo‘lsa ham, miyaning xotira markazi uchun muhim ahamiyatga ega. Ta’kidlash joizki, tajriba tug‘magan sichqonlar bilan o‘tkazilgan. Tuqqandan so‘ng bachadonning miya bilan bog‘liqligida qandaydir o‘zgarish bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.

Gisterektomiya – bachadonni olib tashlash operasiyasi bachadoni, bachadon bo‘yni yoki tuxumdonida xavfli o‘sma aniqlangan bemorlarga va boshqa kasalliklarda tavsiya etiladi. Biroq, mualliflarning aytishicha, bunday jarrohlik amaliyoti inson miyasiga ta’sir qiladi, degan xulosaga kelishga hali erta. Ularning fikricha, birinchidan, hayvonlarda tajriba o‘tkazib ko‘rishni, ikkinchidan, tibbiy tekshiruvlarni ko‘paytirish lozim.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 08:27 14.12.2018. O'qildi: 5630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!