Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

BAA va Eron urush boshlanganidan beri birinchi muzokaralarini o‘tkazdi

BAA va Eron urush boshlanganidan beri birinchi muzokaralarini o‘tkazdi

BAA va Eronning milliy xavfsizlik masalalarini nazorat qiluvchi yuqori lavozimli amaldorlari AQSH-Isroil harbiy operasiyasi boshlanganidan beri birinchi marta yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazdilar.

Bu haqda Bloomberg agentligi manbalarga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar shu hafta bo‘lib o‘tdi va ikki tomon ham barqarorroq va tinch ikki tomonlama munosabatlar zarurligini tobora ko‘proq tushunib borayotgan bir paytda, vaziyatning yumshashi mumkinligi haqida muhim signal bo‘ldi. Ushbu tashabbus asosan Abu-Dabi tomonidan ilgari surildi, u Tehron bilan keskinlikni kamaytirish va muloqotni tiklashga intiladi.

Manbalar BAA rasmiylari hozirda o‘z iqtisodiyoti va milliy xavfsizligi uchun xavflarni minimallashtirishga e’tibor qaratayotganini ta’kidlamoqda. Ta’kidlanishicha, bu yondashuv Abu-Dabi mojaroning dastlabki bosqichlarida tutgan qattiqroq pozisiyasidan farq qiladi.

Kiritildi: Bugun 08:41. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!