Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

BAA Rossiyaga ko‘mak taklif qildi

BAA Rossiyaga ko‘mak taklif qildi

Manba: BAA vakillari Rossiyaga Ukraina bilan asirlar almashish masalasida yordam taklif qildi.

BAA vakillari Rossiyaga Ukraina bilan asirlar almashish masalasida yordam taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti manbasiga tayanib xabar bermoqda.

“Birlashgan Arab Amirliklarining yuqori martabali vakillari Ukrainadagi vaziyat tufayli, Rossiya tomoniga asirlikka tushgan shaxslarni almashtirish borasida ko‘mak taklif qilgan. BAA vositachiligida berilgan takliflar Ukraina tomoni bilan harbiy asirlar ro‘yxatini tuzishda inobatga olinadi”, - deyiladi xabarda.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkovaning xabar berishicha, unga ukrain asirlarnining onalaridan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarda onalar farzandlarini qaytarmaslikni iltimos qilishgan, chunki vatanda ular qatag‘onga uchrashi yoki yana frontga jo‘natilishi mumkin.

Avvalroq, Oliy Radaga jazodan ozod qilish va harbiy asirlar almashtirilgan taqdirda ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishini tugatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritilgan edi.

Rossiya 24 fevraldan buyon Ukrainani denasifikasiyalash va demilitarizasiyalash maqsadida mahsus harbiy operasiya o‘tkazmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad Vladimir Putin ta’kidlaganidek, “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan genosid va haqoratga uchragan odamlarni himoya qilish”.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya armiyasi mart oyi so‘ngida birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajargan, ya’ni Ukrainaning harbiy salohiyatini sezilarli darajada kamaytirgan. Unda Donbassni ozod etish asosiy maqsad etib belgalingan.

Kiritildi: 19:01 27.06.2022. O'qildi: 4637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!