Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

BAA havo hududini to‘liq ochdi

BAA havo hududini to‘liq ochdi

Birlashgan Arab Amirliklari o‘z havo hududini to‘liq qayta ochdi va ilgari joriy etilgan parvoz cheklovlarini bekor qildi. Bu haqda mamlakat Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasi WAM davlat axborot agentligiga tayanib xabar berdi.

Idora ma’lum qilishicha, parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida doimiy monitoring olib borilmoqda. Qaror esa vaziyat va xavfsizlik sharoitlari har tomonlama baholanganidan so‘ng qabul qilingan.

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari fevral oyi oxirida AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti ortidan o‘z havo hududini yopgan edi. Cheklovlar, jumladan, dron hujumlari xavfi tufayli joriy qilingan.

Hozirda tomonlar o‘rtasida sulh amal qilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp muzokaralar yakuniga qadar ushbu sulh muddatini uzaytirganini ma’lum qilgan.

20 aprel kuni Rossiyaning Rosaviasiyasi ham BAAga parvozlarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilgan edi.

Kiritildi: 22:46 02.05.2026. O'qildi: 147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!