Al-Fujayradagi neft ob’ektida dron hujumidan so‘ng yong‘in chiqdi.
BAA Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, raketalar mamlakat hududiy suvlari uzra tutib qolingan, to‘rtinchi raketa esa dengizga qulagan.
BAAning Al-Fujayra amirligi rasmiylari mintaqadagi neft ob’ektlaridan birida Eron droni zarbasi oqibatida yong‘in kelib chiqqanini ma’lum qildi.
Avvalroq Eron armiyasi Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kirishga uringan AQSh harbiy kemalariga ogohlantirish sifatida raketa va dronlar uchirilganini e’lon qilgandi.