Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ayrim davlatlarda ba’zi dorilar sotuvi taqiqlangan. Nega?

Ayrim davlatlarda ba’zi dorilar sotuvi taqiqlangan. Nega?

Dori-Darmon" AK matbuot xizmati shu haqda ma’lumot berdi.

Nayz, Nimesulid. AQSH, Germaniya, Finlyandiya, Belgiya, Ispaniya, Hindiston, Irlandiya, Kanada, Avstraliyada taqiqlangan. Ukraina va Xitoyda - 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun taqiqlangan. Ular jigar faoliyatini buzishi, oshqozon-ichakdan qon ketishini keltirib chiqarishi mumkin.

Ketorol. Germaniya, Belorusiyada taqiqlangan. Qon tomirlari, yurak xuruji va anafilaktik shok xavfini oshirishi sababli sotuv taqiqlangan.

Sitramon. AQShda taqiqlangan. Ukrainada sitramonni ishlab chiqarish taqiqlanadi. Bu dori Rossiya Federasiyasida va MDHda qo‘llaniladi. Sitramonni shifokor tavsiyasisiz, ko‘p miqdorda qabul qilish buyrak va miya ishini buzishi, immunitetni pasaytirishi mumkin.

No-Shpa, Drotaverin. Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Daniyada taqiqlangan. Homiladorlik paytida  mazkur dorilarni qabul qilish homila tushish xavfini oshirishi va yon ta’sirlarning yuqori xavfi mavjudligi uchun taqiqlangan.

Analgin, Baralgin, Spazmalgon, Spazgan, Pentalgin. AQSH, Latviya, Shvesiya, Singapur, Yaponiya, Avstraliya, BAA, Malayziya, Pokiston va boshqa bir qator mamlakatlarda taqiqlangan. Buyrak yetishmovchiligiga va anafilaktik shokka olib borish, qonda neytrofillar sonini kamaytirish ehtimoli mavjud   va  bu sepsisga olib kelishi mumkin. Saraton rivojlanish xavfini oshiradi.

Aspirin. AQSH, Buyuk Britaniyada qat’iy nazorat ostida sotiladi. Bangladesh, Turkiya, Hindistonda taqiqlangan. Bu oshqozon yarasi, jigar va buyrak kasalliklariga olib keladi, yurak faoliyatini buzadi, qon ketish xavfini oshiradi.

Xantal plasterlari (Gorchichnik). AQShda taqiqlangan. Teri saratoni rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Zelenka. AQSH, Germaniya davlatlarida taqiqlangan. Rossiya va MDH davlatlarida ishlatiladi.

Fenobarbital (Korvalol, Valokordin). AQSH, BAA, Litva, Estoniya, Polsha, Finlyandiya, Shvesiya, Germaniya, Italiya, Norvegiyada taqiqlangan.

Kodein, Kodelak Bronxo, Nurofen Plyus, Pentalgin, Terpinkod. Germaniya, BAA, Avstraliya, Kanadada taqiqlangan.

Bronxolitin. Tailandda, MDHda taqiqlangan. AQSH, Kanada, Avstraliya, Germaniyada qat’iy nazorat ostida beriladi.

Kiritildi: 23:02 30.10.2020. O'qildi: 2063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!