Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ayol kishini o‘margan surxondaryolik erkak qo‘lga olindi

Ayol kishini o‘margan surxondaryolik erkak qo‘lga olindi

2019 yil 4 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yashovchi U.A. (ismli ayol) Denov tuman IIBga murojaat qilib, unda shu yil 3 yanvar kuni noma’lum shaxs Surxondaryo viloyati Bobur MFYda joylashgan savdo do‘koni oldida qarovsiz qoldirilgan, ichida 20 mln. so‘m puli bo‘lgan qutisini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sho‘rchi tumani Tolli mahallasida yashovchi O‘.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:57 07.01.2019. O'qildi: 1339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!