Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Avtozavodlarni harbiy dron ishlab chiqarishga moslashtirish imkonsiz

Avtozavodlarni harbiy dron ishlab chiqarishga moslashtirish imkonsiz

Mitsubishi Heavy Industries bosh direktori Eysaku Itoning FT'ga ta’kidlashicha, foydalanilmayotgan avtomobil zavodlarini harbiy dronlar ishlab chiqarish uchun moslashtirishga bo‘lgan urinishlar muvaffaqiyatsizlikka mahkum.

Avtomobil korxonalari bir xil turdagi mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, harbiy uchuvchisiz qurilmalar esa konstruksiyani doimiy ravishda o‘zgartirib borishni talab qiladi.

MHI rahbarining bu bayonoti Yevropada avtomobil zavodlarini harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tkazish g‘oyasi muhokama qilinayotgan bir paytda yangradi.

Kiritildi: 16:03 06.07.2026. O'qildi: 1906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!