Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

“Avtosalon” firibgarining faoliyatiga chek qo‘yildi

A A A
“Avtosalon” firibgarining faoliyatiga chek qo‘yildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shovot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovda avtosalondan mashina olib chiqib berishni vaj qilib, soxta shartnoma asosida fuqarodan pul olgan firibgar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Xabarda aytilishicha, Baxtiyor fuqaro Yorqinga Damas Labo avtomashinasini “Toshkent Deu” avtosalonidan olib berishni va’da qilib, o‘g‘li Xusniddin nomiga rasmiylashtirilgan qalbaki shartnomani tayyorlab, 500 AQSh dollari va 61 million 500 ming so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
 
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Baxtiyorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
Yuqorida keltirilgan barcha ismlar o‘zgartirilgan.

Kiritildi: 13:13 11.06.2018. O'qildi: 1725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik