Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

A A A
Avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

Hukumatning 2018 yil 29 maydagi qarori bilan O‘zbekistonda avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi. 
Endilikda: 
- qurilish materiallarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, sanoat va oziq ovqat tovarlarini, shuningdek, boshqa to‘kiladigan yuklarni (issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari) ochiq avtotransport vositalarida tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan qoplanishi lozim; 

- avtotransport vositalarini qurilish ob’ektlaridan umumiy foydalaniladigan yo‘llarga kuzov va g‘ildiraklarni yuvmasdan chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Kiritildi: 10:30 30.05.2018. O'qildi: 1450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!