Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Avtomobil kirmaydigan shaharcha quriladi. Ajoyib-a?

Avtomobil kirmaydigan shaharcha quriladi. Ajoyib-a?

Germaniyaning Berlin shahri yaqinida "Buckower Felder" nomli avtomobil kirishi taqiqlangan kichik shahar qurilar ekan. Ajoyib-a?

Shahar binolari avtomobil yo‘llari orqali emas, piyodalar va velosiped yo‘laklari bilan birlashtiriladi. Xonadon egalari o‘z mashinalarini shahar atrofiga quriladigan avtoturargoxlarda qoldirishadi. Shaharda istiqomat qiladigan har bir fuqaro 125 metr kvadratli avtoturargohga ega bo‘ladi.

Nega bunday shaharlar qurilmoqda? Sababi ekologik toza shahar muammosi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, avtomobillardan chiqadigan tutun havoni ifloslaydi. Afsuski, bizning shaharlarimizda mashinalardan maqsadsiz foydalanish urfga aylanmoqda. Ayniqsa, yoshlarimiz «ko‘cha changitib kelay» deb, kechasi uyidan chiqib ketadi. Ayrimlar esa ish joyiga metroda borish qulay bo‘lishiga qaramay, avtomashinasida borishni afzal ko‘radi. Shu o‘rinda xorij tajribasiga xos yana bir misol keltiramiz, Yaponiya fuqarolari shaxsiy avtomobili bo‘lsa-da, ishga metro, avtobus va hatto, velosipedda borishni ma’qul ko‘radi. Bundan uyalishmaydi ham. Negadir, bizda shunga o‘xshash harakatlardan or qilishadi.

Ma’lumot uchun: "Buckower Felder" shahri aholi punkti 16 gektar maydonni egallaydi, hududda 900 xonadondan iborat 40 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Ta’kidlanishicha, bu yerda ijara haqqi bir kvadrat metr uchun 6,5-10 yevroga teng. Mazkur ekologik toza shaharni qurish 2021 yil boshlanib, 2024 yilda yakunlanishi kutilmoqda.
 

Kiritildi: 09:53 12.09.2020. O'qildi: 2892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!