Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Avstraliyada amerikalik kaptar Jo o‘ldirilishi mumkin

Avstraliyada amerikalik kaptar Jo o‘ldirilishi mumkin

Avstraliya hukumati karantin sabab, AQShdan mamlakatga kirib kelgan kaptarni o‘ldirishi mumkin.

Bu haqda “The Washington Post” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 26 dekabr kuni o‘z uyidan qo‘lga o‘rgatilgan kaptarni topib olgan Melburn shahri yashovchisi Kevin Selli-Berd qushning AQShda 29 oktyabrda bo‘lib o‘tgan kaptarlar poygalarida qatnashishi kerak bo‘lganligini aniqlangan. Kaptarga Jo ismini Selli-Berd AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden sharafiga bergan.

Mutaxassislarning taxminlaricha, qush 13 ming kilometrni bosib o‘tib, yuk kemasida Avstraliyaga yetib kelgan. Hozirda unga karantin va inspeksiya xizmati qiziqish bildirmoqda.

"Xizmat  xodimlari agar kaptar haqiqatan ham Amerikadan bo‘lsa, kasallik tarqalishidan xavotirda", demoqda Selli-Berd.

Ayni paytda qush o‘ziga yaqinlashishga imkon bermayapti. Uni tutish bilan professionallar shug‘ullanishmoqda.

Kiritildi: 21:15 14.01.2021. O'qildi: 3618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!