Avstraliya poytaxtida 4 nafar Falastin tarafodorlari bo‘lgan namoyishchilar parlament tomiga chiqib, mamlakat hukumatini urush jinoyatlariga sheriklikda ayblovchi bannerlarni osib qo‘yishdi.
Uch erkak va bir ayol polisiya tomonidan ushlangan va hibsga olingan. Ular davlat muassasasi hududiga noqonuniy kirganlikda ayblanmoqda.
"Boshqalarga xavf tug‘diradigan norozilik namoyishlarida qatnashish uchun, davlat muassasalari yoki jamoat binolariga zarar yetkazuvchi namoyishlarda qatnashish uchun joy yo‘q", — deya ta’kidladi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa vaziri Richard Marles.