O‘zbekistonda joriy yilning 8 oyida jami 52 ming 202 dona “Cobalt” rusumli avtomobil ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 144,9% o‘sish sur’atiga ega bo‘ldi.
Jumladan, avgust oyida esa eng ko‘p – 7 ming 301 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 82 taga ko‘p.
Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar-avgust oylarida 46 ming 904 dona “Nexia T-250” (93,6 foiz), 35 ming 150 dona “Lacetti-Gentra” (127,9 foiz), 35 ming 322 dona “Damas” (110,2 foiz), 18 ming 275 dona “Spark” (128,6 foiz) hamda 5 ming 327 dona “Labo“ (105,7 foiz) avtomobillari ishlab chiqarildi.