Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Avdeevka yaqinida ilk bor Amerikaning Abrams tanklari kuzatildi

A A A
Avdeevka yaqinida ilk bor Amerikaning Abrams tanklari kuzatildi

Rossiya harbiylari ilk bor Avdeevkadagi front chizig‘i yaqinida Amerikaning Abrams tanklarini kuzatishdi, bu haqda “DNR” rahbarining maslahatchisi Igor Kimakovskiy TASS agentligiga bildirgan. “Yo‘nalish – Avdeevkadan shimoli-g‘arbda”, – deya aniqlik kiritgan u.

Kimakovskiyning qo‘shimcha qilishicha, Avdeevka yo‘nalishida Ukraina armiyasi dronlardan foydalanishni oshirmoqda.

AQSh 2023 yil yanvar oyida 31 M1 Abrams tanklarini yetkazib berishini e’lon qilgandi. Ukraina o‘zining birinchi tanklarini sentyabr oyining oxirida oldi. Joriy yilning fevral oyida Amerikaning Forbes nashri Avdeevka uchun janglar paytida Ukraina Qurolli Kuchlari Abrams bazasidagi bitta zirhli mina tozalash mashinasi – M1150 Assault Breacher ni yo‘qotgani haqida xabar berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil oxirida Qo‘shma Shtatlar kamida bitta shunday mashinani Kiyevga yashirincha bergan, bu rasman e’lon qilinmagan.

Kiritildi: 10:01 26.02.2024. O'qildi: 1445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!