Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Asus kompaniyasi yangi smartfonlar ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Asus kompaniyasi yangi smartfonlar ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Asus 2026 yilda yangi smartfon modellarini ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatishini e’lon qildi. Avvalroq Tayvandagi distribmyutorlar yetkazib berish to‘xtashi va biznes 2025 yil 31 dekabrdan yopilishi mumkinligi haqida xabar berishgan edi. Bu haqda DigiTimes nashriga tayanib, 24 kg sayti xabar berdi.

Biroq, Asus bu ma’lumotga javoban bozorda ishlashni davom ettirishini, ammo kelgusi yilda yangi mahsulotlarni taqdim etishni rejalashtirmaganligini aytdi.

Kompaniya shuningdek, ilgari chiqarilgan qurilmalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashni kafolatladi. Xususan, kafolat xizmati, ta’mirlash va dasturiy ta’minotni yangilash davom etadi.

Asus smartfonlar bozoriga 2000 yillarning boshlarida kirdi. Kompaniyaning ZenFone liniyasi arzon narxi tufayli Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida keng mashhur edi. Biroq, Xitoy brendlari tomonidan raqobatning kuchayishi Asusning bozordagi mavqeini zaiflashtirdi. 2018 yilda kompaniya mobil yo‘nalishda qayta qurishdan o‘tdi va katta moliyaviy yo‘qotishlarni bartaraf etdi. Shundan so‘ng, Asus premium segment uchun ZenFone modellariga va o‘yinlar uchun ROG Phone qurilmalariga ustuvorlik berdi.

Kiritildi: 23:17 07.01.2026. O'qildi: 666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!