1 iyun kuni odamlar uchun xavfli holatni yuzaga keltirgani uchun sayilgoh rahbariyati 15 sutka qamoq jazosiga hukm qilindi. Sayilgoh direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘i jazoga tortilgan.
Ommaviy aksiya o‘tkazish maqsadga muvofiq emasligi haqida sayilgoh rahbariyati oldindan ogohlantirilgan, biroq shunga qaramay, baribir ushbu holat yuzaga keltirilgan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.