Toshkentdagi Afg‘oniston elchixonasi Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekistonda ekanligi haqida hech qanday ma’lumotga ega emas.
Avvalroq, New York Times Dohadagi muzokaralarda Afg‘oniston delegasiyasining ismini oshkor qilmagan a’zosiga iqtibos keltirgan holda, G‘anining rafiqasi Rula va ikki maslahatchisi bilan samolyotda O‘zbekistonga borgani haqida xabar bergandi. Keyinchalik Afg‘oniston prezidentining shaxsiy qo‘riqchisi Qatarning "Al-Jazira" telekanaliga G‘ani Toshkentga uchib kelganini tasdiqladi.
"Biz bunday ma’lumotni tasdiqlay olmaymiz, chunki bizda bunday ma’lumot yo‘q", - dedi elchixona vakili matbuotdagi xabarlarga izoh berarkan.