Armanistonning sobiq prezidenti Robert Kocharyanning idorasi uning mamlakatdan chiqib ketishi taqiqlanganini tasdiqladi.
Bu haqda sobiq prezident idorasi rahbari Bagrat Mikoyan bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kocharyanga "Zvartnos" aeroportida hech qanday sababsiz Armanistondan chiqib ketish taqiqlangan.
Avvalroq sobiq prezident idorasi uning uch kunlik shaxsiy va oldindan rejalashtirilgan chet elga sayohat qilish rejasini e’lon qilgan edi.