Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Armanistonga yangi konstitusiya kerak

Armanistonga yangi konstitusiya kerak

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatda yangi konstitusiya qabul qilish zarurligini bildirdi. Bu haqda Armaniston Vazirlar Mahkamasi rahbarining Konstitusiya kuni munosabati bilan qilgan murojaatida aytiladi.

“Mamlakatimizga yangi konstitusiya kerak. Hozir esa men yangi matn haqida emas, balki uni yaratish va qabul qilishning yangi usuli haqida gapiryapman”, — dedi bosh vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bu Armaniston uchun "asosiy muammo".

Bundan avval Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Yerevanning Bokuga hududiy da’volari tinchlik shartnomasini tuzishga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlagan edi.

Bayramov, Armaniston konstitusiyasida Ozarbayjon suvereniteti da’volari tomonlar o‘rtasida tinch yo‘l bilan yechim topishga to‘sqinlik qilayotganiga e’tibor qaratdi.

Kiritildi: 23:38 05.07.2024. O'qildi: 1212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!