Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Armaniston va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Armaniston va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

15-24 iyul kunlari Armanistonda AQSh va Armaniston harbiylari ishtirokida «Burgut hamkori» harbiy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi «Report» Armaniston OAVlariga tayanib.

«Mashqlarda Armaniston qurolli kuchlarining tinchlikparvar brigadasi, AQSh armiyasining Yevropa va Afrikadagi harbiy xizmatchilari hamda Kanzas milliy gvardiyasi ishtirok etadi», — deyiladi xabarda.

Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad xalqaro tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etuvchi bo‘linmalarning muvofiqlashtirish darajasini oshirish, boshqaruv va taktik aloqa sohasida o‘zaro tajriba almashish, jangovar shaylikni oshirishdan iboratligi ta’kidlandi.

Kiritildi: 21:43 06.07.2024. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!