Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Arisni tiklash uchun 56,1 milliard tenge yo‘naltiriladi

Arisni tiklash uchun 56,1 milliard tenge yo‘naltiriladi

Iyun oyida qurol omborida o‘q-dorilar portlashi oqibatida zarar ko‘rgan Turkiston viloyatidagi Aris shahrini qayta tiklash ishlari uchun 56,1 milliard tenge (amaldagi kurs bo‘yicha 144,7 million dollar) yo‘naltiriladi.

Bu haqda mahalliy OAVga Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - moliya vaziri Alixan Smailov ma’lum qildi.

Smailovning so‘zlariga qaraganda, 27,5 milliard hukumat zaxirasidan, 20 milliard esa mahalliy ijroiya hokimiyat byudjetlaridan, olti milliardi – umummilliy “Samruk-Qazina” farovonlik jamg‘armasi hisobidan, 2,6 milliard tenge esa homiylik va xayriya yordamlari hisobidan yo‘naltiriladi.

Rasmiylarning bayonotlariga qaraganda, bu mablag‘lar Arisning har bir fuqarosiga 100 ming tenge (257 dollarga yaqin) miqdorida tovon puli sifatida beriladi, 7 239 turar joy binosi va o‘nlab ijtimoiy ob’ektlarni, hayotiy zarur ob’ekt va ma’muriy binolarni qayta tiklash va 50ta ikki xonali uy qurish uchun yo‘naltiriladi.

Rasmiylarning bayonotiga ko‘ra, hukumat zaxirasidan Mudofaa vazirligi uchun zarur xarajatlarga 8,1 milliard tenge Arisdagi favqulodda vaziyat talofatlarni bartaraf etish va o‘q dorilarni olib chiqib ketish uchun beriladi.

2019 yilning 24 iyun kuni Arisdagi harbiy omborda yuz bergan yong‘in o‘q-dorilar portlashiga sabab bo‘ldi. Mahalliy rasmiylarning ma’lum qilishicha, portlashlar oqibatida shahardagi uylarning 85 foiziga zarar yetdi, bir necha o‘nlab uylar yonib ketdi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Ulardan eng so‘ngisi 8 yoshli Ayan Yerboluli 2 avgust kuni poytaxtdagi shifoxonada vafot etdi. U portlash yuz bergan kuni aholi shahardan evakuasiya qilinayotganida jarohat olgan edi. Qolgan uch nafari –ikki harbiy va bir mahalliy aholi vakili esa portlash oqibatida halok bo‘lgan.

So‘nggi 10 yilda mazkur shaharda harbiy va yarim harbiy obyektlarda o‘q-dorilar portlashi oqibatida insonlar o‘limi bilan bog‘liq to‘rtta hodisa yuz bergan.

 

Kiritildi: 05:45 14.08.2019. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!