Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Argentinadagi suv toshqinlari tufayli 7500 dan ortiq odam evakuasiya qilindi

Argentinadagi suv toshqinlari tufayli 7500 dan ortiq odam evakuasiya qilindi

Argentina sharqidagi Buenos-Ayres provinsiyasida uch kundan beri davom etayotgan kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari davom etmoqda, deb xabar beradi DW.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, yakshanba kuni har kvadrat metrga 400 mm gacha yog‘ingarchilik tushgan, oylik o‘rtacha 45 mm. Meteorologlar yog‘ingarchilik va kuchli shamol davom etishini taxmin qilmoqda.

7500 dan ortiq odam evakuasiya qilingan, deydi mahalliy hokimiyat. 300 ga yaqin o‘t o‘chiruvchilar, fuqaro mudofaasi kuchlari va polisiya xodimlari safarbar etilgan. Ular odamlarni qutqarish uchun barcha mavjud suv transport vositalaridan, jumladan, rezina qayiqlardan foydalanishmoqda.

Kampana va Zarate shaharlari tabiiy ofatdan jabr ko‘rdi. Bundan tashqari, Buenos-Ayres yaqinidagi ayrim hududlar, avtomobil yo‘llari va qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan. Kampana shahrida bir necha oila tunning bir qismini suv bosgan uylarining tomlarida o‘tkazdi. 44 yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus shtat poytaxtini mamlakat ichki qismi bilan bog‘lovchi yo‘llardan birida 10 soatdan ko‘proq vaqt davomida qolib ketdi.

Buenos-Ayres provinsiyasi gubernatori Aksel Kisilyofning aytishicha, halokatli ob-havo anomaliyasiga iqlim o‘zgarishi sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 23:23 20.05.2025. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!