Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Argentina va Ispaniya kelisha olishmayapti

Argentina va Ispaniya kelisha olishmayapti

Yaqinda matbuotda Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi Finalissimani Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida o‘tkazishga qaror qilingani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Dastlab jamoalar Qatarda o‘ynashi kerak edi, biroq u yerdagi harbiy harakatlar tufayli hozir ushbu mintaqada xavfsizlik kafolatlanmagan.

Argentina futbol assosiasiyasi Madridda o‘ynashdan bosh tortdi. Buning sababi tushunarli — bunda Ispaniya o‘z maydoni ustunligiga ega bo‘lar edi. Jurnalist Gaston Edulning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, KONMEBOL Argentina futbol assosiasiyasining ushbu rad javobini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yaqin vaqt ichida argentinaliklar Yevropadagi muqobil stadionlarni taklif qilishi kutilmoqda. Agar barcha tomonlar bir to‘xtamga kela olmasa, Finalissima qoldiriladi. Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 27 mart kuniga rejalashtirilgan edi.

Kiritildi: 21:48 13.03.2026. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!