Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Argentina terma jamoasidagi 10-raqam kimga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidagi 10-raqam kimga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

39 yoshli hujumchi Lionel Messi avvalroq Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.

ESPN Argentina ma’lumotiga ko‘ra, agar milliy jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni shartnomasini uzaytirsa, Messi ketganidan so‘ng 10-raqam «Komo» yarim himoyachisi Nikolas Pasga beriladi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 21 yoshli yarim himoyachi Argentina terma jamoasi bilan kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Pas guruh bosqichining 2 ta uchrashuvida ishtirok etib, natijaviy harakat qayd etmadi.

Pas Argentina terma jamoasi safida jami 11 marta maydonga tushgan. Uning hisobida 1 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 15:48 02.09.2026. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!