Aeroportning 4-yo‘lovchi terminaliga snaryad kelib tushishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Shuningdek, havo hujumidan mudofaa kuchlari xalqaro aeroport hududi ustida qanotli raketani urib tushirgan.
Saudiya Arabistonining Ar-Riyoddagi qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportiga noma’lum snaryad kelib tushdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiya rasmiy vakili Turki ao-Malikiy ma’lum qildi.
Uning yozishicha, 4-yo‘lovchi terminaliga snaryad kelib tushishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Shuningdek, al-Malikiy havo hujumidan mudofaa kuchlari xalqaro aeroport hududi ustida qanotli raketani urib tushirganini bildirdi. OAV xabarlariga ko‘ra, jarohatlanganlar bor.
10 oktyabr kuni husiychilar tomonidan qirol Xolid nomidagi aeroportga raketa zarbasi berilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lib, 310 kishi jarohat olgandi.
The New York Times nashri qayd etishicha, bu AQSh va Isroil Eronga qarshi urush boshlashidan keyingi davrda mintaqadagi arab davlatiga qilingan eng ajalvor hujum bo‘ldi.
8 oktyabrda ham ushbu aeroportga dron zarbasi oqibatida uch kishi, jumladan, Saudia aviakompaniyasi uchuvchisi halok bo‘lib, bir necha kishi jarohat olgan, aeroport hududida turgan samolyot yonib ketgandi.