Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShning yangi prezidenti — Bayden yig‘ladi. Nega?

A A A
AQShning yangi prezidenti — Bayden yig‘ladi. Nega?

AQShning yangi prezidenti Jo Bayden Vashingtonga ko‘chib o‘tishdan oldin tug‘ilgan shahri – Delaver shtatidagi Uilmington shahrida nutq so‘zladi.

U nutqini oilasiga, jamoa a’zolariga va do‘stlariga minnatdorchilik bildirishdan boshladi. Keyin ko‘zlariga yosh keldi. Tadbir Baydenning vafot etgan o‘g‘li nomi bilan atalgan Milliy gvardiya markazida bo‘lib o‘tdi.

“Bu men uchun biroz hissiyot. Men butun faoliyatimda yomon va juda yomon kunlarni boshdan kechirdim. Sizga hamma narsa uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men o‘lsam, Delaver mening yuragimga va barchamizning yuragimizga yozib qo‘yiladi", - deya ta’kidladi u.

So‘zining oxirida u Bayden o‘lgan o‘g‘li haqida gapirganda ko‘z yoshlarini tiya olmadi. "Men uning bu yerda yo‘qligidan faqat pushaymonman", dedi Bayden.

Kiritildi: 13:58 20.01.2021. O'qildi: 5793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik