Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

AQShning yangi preparatiga qanchalik ishonish mumkin?

AQShning yangi preparatiga qanchalik ishonish mumkin?

Kecha Donald Tramp saylovoldi debatida shu yil oxirigacha AQShda koronavirusga qarshi vaksina yaratilishini mujdalagandi. Amerika rahbarining aytishicha, hozir bu ish bilan Pentagonning o‘zi shug‘ullanyapti.

Bugungi xabarlar esa vaksinagacha ham AQSh olimlari bekor o‘tirmaganini tasdiqladi. Ya’ni mamlakatda COVID-19ga qarshi dori ro‘yxatdan o‘tkazilibdi.

«CBS News«ga ko‘ra, mazkur preparat koronavirusni davolash uchun to‘liq tasdiqlangan birinchi dori sifatida qo‘llanila boshlaydi.

To‘g‘ri, sal avvalroq, ya’ni 14 oktyabrda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi «Remdesivir» preparatini ro‘yxatdan o‘tkazgani haqida eshitgandik. Amerikadagi yangi preparat «sendan men zo‘r» qabilidagi harakatmi yoki chindanam olamshumul ixtiromi, bunisini endi vaqt ko‘rsatadi.

Har holda COVID-19ga chalinish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda borayotgan, 8 milliondan ortiq aholisi bu dardga yo‘liqqan, 223 mingdan ziyod odami vafot etgan mamlakat hozir bunday najotga juda muhtoj.

Umuman, butun insoniyat COVID-19ga davo topilishini mahtal bo‘lib kutmoqda. Preparatu vaksinaning aynan qayerda va kim tomonidan yaratilishi esa ikkinchi darajali masaladir.

Kiritildi: 15:59 24.10.2020. O'qildi: 1446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!