Marko Rubio AQShning Vengriya bilan munosabatlarida “oltin davr” boshlanganini ta’kidladi.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio Budapeshtda AQSh prezidenti Donald Tramp Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning bo‘lajak parlament saylovlarida muvaffaqiyatga erishishidan manfaatdorligini, chunki Orbanning yetakchiligi va Tramp bilan yaxshi munosabatlari AQSh uchun juda muhimligini aytib o‘tdi.
"Vengriya va AQSh ikki tomonlama munosabatlarning “oltin davri”ga qadam qo‘ymoqda va bunga nafaqat ikki xalqning yaqinlashuvi, balki Orban va Tramp o‘rtasidagi munosabatlar ham yordam beradi. Vashington zarurat tug‘ilganda Budapeshtga moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyor", — dedi Rubio Vengriya bosh vaziri bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Vengriyada parlament saylovlari 2026 yil 12 aprelga belgilangan. So‘nggi so‘rovnomalarga ko‘ra, Orbanning FIDES partiyasi Peter Madyarning muxolifatchi o‘ng markazchi “Hurmat va erkinlik” partiyasidan ortda qolmoqda.