Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenga prostata saratoni tashxisi qo‘yildi

AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenga prostata saratoni tashxisi qo‘yildi

Siyosatchining jamoasi Bayden o‘tgan hafta shifokorlarga tashrif buyurgani haqida xabar berdi. Juma kuni unga suyak metastazlari bilan prostata saratoni tashxisi qo‘yilgan .

Jo Bayden 82 yoshda. Sobiq prezident va uning oilasi hozir shifokorlari bilan davolanish usullarini muhokama qilmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi prezidentga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi .

"Melaniya va men Jo Baydenning yaqinda qo‘yilgan tibbiy tashxisi haqida qayg‘urdik. Biz Jill va uning oilasiga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni bildiramiz, Joning tez va muvaffaqiyatli sog‘ayib ketishini tilaymiz", deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Kiritildi: 15:25 19.05.2025. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!