Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShning SEAL maxsus otryadi KXDRda maxfiy operasiya o‘tkazishga uringan, ammo...

AQShning SEAL maxsus otryadi KXDRda maxfiy operasiya o‘tkazishga uringan, ammo...

The New York Times nashriga ko‘ra, ammo u muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Nashr manbalariga ko‘ra, bundan maqsad Kim Chen Inning Donald Tramp bilan yadroviy masalalar bo‘yicha aloqalari chog‘ida uning suhbatlarini tinglash uchun maxsus qurilma o‘rnatish bo‘lgan.

"Maxsus otryad kechasi KXDR qirg‘og‘iga tushirilgan, biroq ularni Shimoliy Koreya kateri payqab qolgan. “Dengiz mushuklari” otishma boshlagan, kater ekipaji yo‘q qilingan, ammo amerikaliklar vazifani bajara olmasdan ortga chekinishga majbur bo‘lgan", deya yozadi The New York Times.

Bu operasiya haqida na Vashington, na Pxenyan xabar bergan, shuningdek, AQSh Kongressining razvedka operasiyalarini nazorat qiluvchi a’zolari ham ogohlantirilmagan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:57 06.09.2025. O'qildi: 1376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!