AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra , AQSh davlat qarzi o‘zining eng yuqori ko‘rsatkichini yangiladi va 36 trillion dollardan oshdi .
Hisobotda aytilishicha, yanvar oyida 34 trillion dollarni tashkil etgan AQSh davlat qarzi joriy yilda 2 trillion dollarga oshgan.
Shu bilan birga, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra , 2032 yilga borib Amerika davlat qarzining YAIMga nisbati 140 foizdan oshadi. Shu bilan birga, ular bunday o‘sish ham milliy, ham jahon iqtisodiyotiga tahdid solayotganidan ogohlantirdi.