AQShning Ayova, Kanzas, Arizona, Arkanzas, Aydaxo, Montana, Nebraska va G‘arbiy Virjiniya kabi shtatlari SI sohasida faoliyat yurituvchi OpenAI kompaniyasi ustidan sudga da’vo kiritgan. Kompaniya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzgan va ChatGPT xavfsizligi haqida jamoatchilikni chalg‘itgan.
Ular mahsulotning ishlash tartibini o‘zgartirish, himoya choralarini kuchaytirish va qonunbuzarliklar isbotlangan taqdirda moliyaviy tovon to‘lashni talab qilmoqda.