Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

AQShlik prokurorlar rossiyalik ishbilarmonlarning AQShda muzlatilgan aktivlarini aniqlash va musodara qilish yo‘llarini o‘rganmoqda

AQShlik prokurorlar rossiyalik ishbilarmonlarning AQShda muzlatilgan aktivlarini aniqlash va musodara qilish yo‘llarini o‘rganmoqda

AQShlik prokurorlar rossiyalik ishbilarmonlarning AQShda muzlatilgan aktivlarini aniqlash va musodara qilish yo‘llarini o‘rganmoqda, deya xabar berdi The Wall Street Journal.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda federal prokurorlar Rossiya Federasiyasi vakillarining ko‘chmas mulklari, naqd pul hisoblari va maqsadli jamg‘armalarini aniqlash va musodara qilish maqsadida bir qator chaqiruv qog‘ozlarini yuborishgan. Huquq-tartibot idoralari mulk huquqining chigal qoidalarini "kesib tashlashga" yordam beradigan hujjatlarni qidirmoqda.

Bu G‘arbning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish va mamlakatni qayta tiklash uchun yangi moliya manbalarini topishga qaratilgan umumiy sa’y-harakatlarining bir qismidir, deya ta’kidlaydi gazeta. Fevral oyidan beri G‘arb Rossiyaning 330 milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ydi, shundan 300 milliard dollarga yaqini Markaziy bankning xorijiy bank hisoblaridagi zaxiralaridir. Qolganlarning aksariyati tadbirkorlarning kompaniyalari, ularning bank hisoblari, yaxtalari, samolyotlari, ko‘chmas mulklari va zargarlik buyumlariga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 09:38 25.11.2022. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!