Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShlik erkak oila qurgach bosh ko‘chirib o‘tkazish operasiyasidan voz kechdi

AQShlik erkak oila qurgach bosh ko‘chirib o‘tkazish operasiyasidan voz kechdi

Asli Rossiyaning Vladimir shahridan bo‘lgan hamda hozirda AQShda yashovchi Valeriy Spiridonov kam uchraydigan kasallik bel mushagi atrofiyasidan aziyat chekadi, deb hikoya qiladi Zakon.kz .

Ushbu kasallik Verdnig-Goffman nomi bilan ham ataladi.

Kasallik insonlarni yurish qobiliyatidan mahrum etadi, unga chalinganlar aksar hollarda voyaga yetmay vafot etadi. 33 yoshli Valeriy Spiridonov shu yoshgacha yashagan juda kam insonlardan biridir.

Yaqinda Valeriy Good Morning Britain ko‘rsatuvida chiqish qilib, nima sababdan bosh ko‘chirib o‘tkazish amaliyotidan voz kechgani haqida gapirdi.

2015 yilda Valeriy Spiridonov bosh ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti qo‘llanadigan ilk mijoz bo‘lishga qaror qilgandi.

Bu revolyusion loyiha Osmon deb nomlangan edi. Italiyalik neyrojarroh Serjio Kanavero insonda bosh ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini sinab ko‘rishni orzu qilardi.

U maymunlarda tajriba o‘tkazgan va ko‘chirib o‘tkazilgan bosh nerv tolalariga va boshqa a’zolarga signal berishda davom etayotganiga amin bo‘lgan edi.

Kanavero Spiridonov bilan 2016 yilda gaplashgan, biroq o‘shanda Valeriyda operasiya uchun talab etiladigan summa yo‘q edi. Shuning uchun operasiya bir yilga kechiktirilgandi.

Valeriy Spiridonov o‘z intervyusida shaxsiy hayotda baxtli ekanligi uchun operasiyadan voz kechgani haqida aytib o‘tdi.

2015 yilda Spiridonov o‘zining bo‘lajak rafiqasi bilan tanishdi. Avvaliga juftlik faqat ish doirasida muloqot qilgan, vaqt o‘tib ularning munosabatlari jiddiylasha boshlagan. 2018 yilda juftlik nikohdan o‘tdi, hozirgi kunda esa oilada sog‘lom farzand voyaga yetmoqda.

Kiritildi: 18:12 11.04.2019. O'qildi: 2112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!